Iqtisodiyot | 21:50 / 28.01.2018
22749
1 daqiqa o‘qiladi

Monopoliya tashkilotlari 455 milliard so‘m soliqni to‘lamagan

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taqdim etgan tabiiy monopoliya sub'yektlarining ro‘yxatida keltirilgan 127ta tashkilot soliqdan katta qarzdorligi mavjud.

Qo‘mita Matbuot xizmati 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 148ta tabiiy monopoliya sub'yekti sifatida qayd etilgan tashkilotlarning STIR raqami va nomini ommaga e'lon qildi.

kommersant.uz nashri ana shu STIR raqamlar asosida Davlat soliq qo‘mitasi ishga tushirgan onlayn xizmat orqali 148tadan 127ta tashkilotning soliqdan qarzdorligini tekshirib chiqdi. Shunday qilib, 127ta tashkilotning soliqdan qarzdorligi 455 714 831 920,46 so‘mni tashkil etadi. AQSh dollarining so‘mga nisbatan MB tomonidan belgilagan kursi bo‘yicha bu raqam 55 820 521,72 dollarni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, keltirilgan qarzdorlik summasi  2017 yilning 9 oyida qayd etilgan barcha soliq tushumlarining 42 foizini tashkil etadi.

Mavzuga oid