Jamiyat | 17:20 / 28.01.2018
18266
2 daqiqa o‘qiladi

Uy qurib beraman deb odamlarning millionlarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Shirbudin ko‘chasi 6-muyulish 5-uyda yashovchi, nafaqadagi Muslima Negmatova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilib, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Ayronchi qishlog‘ida yashovchi, “Arxitektor-Hamkor” xususiy korxonasi rahbari, 1986 yilda tug‘ilgan Egamov Asliddin Baxriddinovich uni aldab, ishonchini suiiste'mol qilib, uy qurib berishni va'da qilib, 40.000.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritib hozirga qadar qaytarib bermasdan kelayotganligini bayon qilgan.

Murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, “Arxitektor-Hamkor” xususiy korxonasi rahbari A. Egamov Muslima Negmatova singari ko‘plab fuqarolarni aldab, ularning katta miqdordagi pullarini qo‘lga kiritib, o‘z manfaatlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Jumladan, A.Egamov o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasi 72/1-uy 82-xonada yashovchi Baxtiyor Xudoyberdiyevga uy-joy qurib berishini aytib, uning 41.431.000 so‘m pullarini, bundan tashqari, Romitan tumani F.Xo‘jayev ko‘chasi 32-uy, 10-xonada yashovchi Anvar Azimovga ham xuddi shunday va'dalar berib uning 182.540.000 so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Egamovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid