Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda migrantlarni Eronga noqonuniy yuborgan O‘zbekiston fuqarolari hibsga olindi
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari natijasida xorijiy fuqarolarning Eronga, so‘ng Turkiyaga Armaniston hududi orqali noqonuniy migratsiyasi bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Armaniston MXX matbuot xizmati xabar bergan.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida Armaniston MXX xodimlari Armaniston-Eron chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha 5ta holatni fosh etishgan – Iroqning 1 fuqarosi, O‘zbekistonning 1 fuqarosi, Eronning 4 fuqarosi tomonidan.
Armaniston MXX tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida bu holatlarni EIR va Turkiyada yashovchi shaxslar tashkillashtirgani aniqlandi.
Ularning rahbarligida xorijiy fuqarolar Armanistonga kelishgan; so‘ng taksichilar ularni kechki payt Armaniston-Eron chegarasining avvaldan belgilangan joyiga olib kelib qo‘yishgan.
Shundan keyin tashkilotchilardan biri tikanli simni kesgan, qonunbuzarlarni Eron hududiga olib o‘tgan, so‘ng ular Turkiyaga jo‘natilgan.
Mahkamadan aniqlik kiritishlaricha, hibsga olinganlar, ularning orasida Eronning bir fuqarosi bor, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Yaman fuqarolari tomonidan Armaniston chegarasidan noqonuniy kesib o‘tishni tashkillashtirishga urinish chog‘ida ushlandilar.
Jinoiy ish doirasida 6 kishi ayblanuvchi sifatida jalb etildi, ulardan 3 nafarining ishi sudga oshirildi, yana 3 nafari qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:35 / 18.06.2026