Dunyodagi eng katta tilla uzuk tomoshaga qo‘yildi
Dunyodagi eng katta tilla uzuk BAAning Sharja amirligidagi Sahara Centre’da bir oyga tomoshaga qo‘yildi.
Najmat Taiba nomli 21 karatli uzuk deyarli 64 kg keladi va 5,1 kg qimmatbaho toshlar va brilliantlar bilan qoplangan. Unda shuningdek 615 ta Swarovski kristali bor.
Najmat Taiba o‘z egasiga 2000 yilda 547 ming dollarga tushgan, o‘shanda oltinning bir untsiyasi 250 dollar turgan. O‘sha vaqtdan beri oltin narxi deyarli 6 barobarga ko‘tarilib, hozirda 1497,5 dollar atrofida sotilmoqda. Shu tariqa hozirda bu uzukning narxi taxminan 3 mln dollarga baholanmoqda.
Dubayning Taiba kompaniyasiga tegishli ushbu uzukni yaratish ustida 55 mutaxassis 45 kun davomida 10 soatdan mehnat qilgan.
Mavzuga oid
11:44 / 06.03.2024
Sharja aeroportida og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
08:16 / 09.10.2023
Umraga ketayotgan chog‘ida Sharjada salomatligi yomonlashgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
07:45 / 07.11.2022
Buxoro va Sharja o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatiladi
16:31 / 30.07.2022