Özbekistonning Dubay şahridagi boş konsulligi xodimlari ikki nafar keksa yoşdagi mamlakat fuqarosi Umra safariga ketayotgan çoğida "Şarja" xalqaro aeroportining tranzit yölovçilar hududida soğligi yomonlaşib qolgani va Şarja amirligining "Al Qosimiya" şifoxonasiga şoşilinç tarzda olib borilganidan xabar topdi, deb yozmoqda "Dunyo".
Ma’lum bölişiça, özbekistonliklar joriy yil 26 sentabr kuni Umra safarini bajariş uçun "Namangan–Şarja–Madina–Şarja–Namangan" yönalişi böyiça havo qatnoviga çipta olgan.
Boş konsulxona xodimlari qiyin ahvolda qolgan keksa yoşdagi hamyurtlarga konsullik-huquqiy yordam beriş va ularni vatanga qaytariş maqsadida "Al Qosimiya" şifoxonasi mas’ullari hamda Şarja xalqaro aeroportining huquqni muhofaza qiluvçi idoralari mas’ul xodimlari bilan muzokaralar ötkazdi.
Buning natijasida, mamlakat fuqarolariga şifoxonaga tölanişi lozim bölgan 4400 AQŞ dollaridan voz keçiş va Şarja–Toşkent yönalişi böyiça bepul aviaçipta bilan ta’minlaş böyiça kelişuvga erişildi. Şu tariqa ular vatanga qaytarildi.

















