Muloqot çoğida Özbekiston bilan Amirlik örtasida hamkorlikni rivojlantiriş, Buxoro va Şarja şaharlari örtasida birodarlik munosabatlarini örnatiş va birgalikda turkum tadbirlar uyuştiriş, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Şarja muzeylari idorasi, boşqa madaniyat va ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni çuqurlaştiriş, boşqa sohalarda özaro manfaatli munosabatlarni yölga qöyiş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Şarja ekspomarkazida 2-13 noyabr kunlari bölib ötayotgan Xalqaro kitob körgazmasi haqida söz yuritilib, Amirlik kitobşunoslik idorasi bilan Özbekiston Milliy kutubxonasi va boşqa mutasaddi idoralar hamkorligini yölga qöyiş taklif etildi.
Mazkur Amirlikning BAA madaniy hayotidagi tutgan örnini inobatga olib, Buxoro va Şarja şaharlarining birodarlik riştalarini örnatişga e’tibor qaratildi. Amirlik vakili uşbu taklifni qöllab-quvvatlab, aniq yönalişlarda hamkorlik dasturini birgalikda işlab çiqiş, özaro delegatsiyalar almaşiş fikrini bildirdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Şarja amirligi örtasida turli yönalişlardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Joriy yil dekabr oyida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining taşrifi doirasida birgalikdagi işlar istiqbollari muhokama qilinişi ta’kidlandi.
18 noyabr kuni Abu Dabida oçilişi rejalaştirilgan Şayx Zoid festivalida iştirok etadigan Özbekiston hunarmandçilik sohasi mutasaddilari bilan uçraşuv uyuştiriş, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda birgalikda bir qator maqsadli tadbirlar taşkil etişga kelişib olindi.

















