Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qaramlikni tugatamiz» - Belarus Rossiyaga oziq-ovqat mahsuloti eksportini kamaytiradi
Belarus RFga oziq-ovqat mahsulotlari eksportini diversifikatsiya qilish niyatida, biroq bugungi kunda Rossiya Belarus mahsulotlarini sotish bo‘yicha asosiy bozor bo‘lib qolmoqda. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Leonid Marinich «Belarus 1» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«2017 yilda mahsulotlarni sotish bo‘yicha asosiy bozor Rossiya Federatsiyasi edi. U asosiy bo‘lib qolmoqda, biroq bozorlarni diversifikatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Agarda avval Rossiyaga eksportning 97 foizi yetkazib berilgan bo‘lsa, bugungi kunda – 91,4 foiz», - deya Marinichning so‘zlarini keltiradi TASS.
Uning ta'kidlashicha, Belarus yangi bozorlarni o‘zlashtirmoqda hamda bir mamlakatdan qaramlik holatini tugatmoqchi. Bugungi kunda Belarus mahsulotlari 70 davlatga yetkazib beriladi. O‘tgan yilda 15 mamlakatdagi bozorlar o‘zlashtirildi. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, Belarus mahsulotlari eksporti hajmi 5 mlrd dollarga yaqin summani tashkil etdi, bu mamlakat uchun so‘nggi 10 yildagi rekordga aylandi.
Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026