Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda birinchi innovatsion paxta-to‘qimachilik klasteri ishga tushiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285 sonli “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash va aholining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Mirishkor va G‘uzor tumanlarida "O‘zsanoatqurilishbank"ning kredit mablag‘lari ko‘magida Guzor Tekstil Impeks MChJ tomonidan innovatsion paxta-to‘qimachilik klasteri ishga tushiriladi.
To‘rt bosqichli loyihalar asosida amalga oshadigan mazkur loyiha ishga tushishi natijasida korxona tomonidan yiliga 35 ming tonna chigitli paxta, 20 ming tonna kalava ip, 23,6 mln. dona tayyor mahsulot, 2,9 ming tonna paxta yog‘i va 7,9 ming tonna shrot ishlab chiqarish hamda 38,0 mln AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlarning xorijga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 60,0 mln AQSh dollarini tashkil etib, shundan 40,0 mln AQSh dollari miqdorida bank krediti hisobidan Trutzschler (Germaniya), Rieter (Shveytsariya), Electro-jet Textile Machinery (Hindiston), Murata Manufacturing Co., Ltd., JUKI (Yaponiya) kabi xalqaro miqyosdagi kompaniyalardan eng zamonaviy asbob-uskunalar olib kelinadi.
Ishlab chiqarish uchun mahalliy xom-ashyo yetishtirish maqsadida Mirishkor tumanida 10 000 gektar maydonda paxta yetishtirilib, G‘uzor tumanida qayta ishlanib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi.
Loyiha to‘liq mahalliylashtirilganligi inobatga olinadigan bo‘lsa, bu loyihaning naqadar yuqori ahamiyatli ekanligini alohida ta'kidlashimiz mumkin.
Eng asosiysi loyiha Qashqadaryo viloyatining 2 150 nafar mahalliy yosh yigit va qizlari uchun ish o‘rni yaratish va viloyatda yagona kompleksda mahalliy xom-ashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor mahsulot tayyorlash imkonini beruvchi zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterini yaratish imkonini beradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:37 / 22.09.2025
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga imtiyozlar beriladi
11:35 / 22.09.2025
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport salohiyati kengaytiriladi
12:30 / 28.10.2024
O‘zbekistonda chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlarining Hindistonga eksporti oshiriladi
23:15 / 28.03.2023