Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlarining Hindistonga eksporti oshiriladi
O‘zbekiston elchisi Hindiston tashqi ishlar va to‘qimachilik sanoati davlat vaziri bilan uchrashdi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston tashqi ishlar va to‘qimachilik davlat vaziri Pabitra Margerita bilan uchrashdi.
Hindistonda o‘tkaziladigan yirik xalqaro tadbirlardan biri - Bharat Tex ko‘rgazma-yarmarkasiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbir doirasidagi muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakat to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro bozorda raqobatbardosh bo‘lgan, xaridorgir va yuqori qiymatli mahsulotlarni tayyorlash bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida so‘zlab berildi.
To‘qimachilik sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, jumladan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari va boshqa tovarlarni Hindiston bozoriga eksport hajmini oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2025 yil fevral oyida tashkil etiladigan Bharat Tex ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston delegatsiyasining faol ishtirokini ta’minlash, mamlakat to‘qimachilik va yengil sanoati salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot marosimi o‘tkazish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida muzokaralar uyushtirish va boshqa amaliy masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026