Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi tarixiy obidalarga QR-kodlarni joriy etish boshlandi
Shahrisabz shahrida joylashgan tarixiy obidalar, mehmonxonalar va boshqa sayyohlik sohasi obektlari QR-kodlar bilan jihozlandi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
VERUM QR deb nomlangan mazkur loyiha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda «Texno Dargoh» MChJ tomonidan yo‘lga qo‘yildi.
Norma.uz’ning yozishicha, VERUM QR loyihasi SMART-sayyohlik va sayyohlik sohasida IT-texnologiyalardan faol foydalaniladigan mamlakat sifatida O‘zbekiston imijini xalqaro maydonda targ‘ib etishga qaratilgan.
Ma'lumot uchun. QR-kod – “quick response” ingliz tilidan tarjimada “tez javob” degan ma'noni anglatadi. U “kvadrat” ikki o‘lchovli shtrix-koddan iborat. Undan axborotni vizual kodlashtirish uchun qo‘llaniladi. Smartfonlar foydalanuvchilari soni butun dunyoda ortib borayotganligi tufayli ancha ommalashmoqda. U Yaponiyaning «Denso-Wave» firmasi tomonidan 1994 yilda ishlab chiqilgan. Axborotni o‘qiydigan va shifrlaydigan kamerali telefonlar paydo bo‘lganidan keyin u muvaffaqiyat qozondi. Bitta kodda zamonaviy kirill kodirovkasidagi 1 450 harfgacha yoki 4 296 lotin belgilarini raqamlar bilan aralash holda shifrlash mumkin. Har qanday zamonaviy telefonga uni aniqlaydigan dastur o‘rnatish mumkin.
Loyihaning dastlabki bosqichida QR-kodlar Shahrisabz shahridagi diqqatga sazovor joylarda joriy etildi. Joriy yilning 1 apreliga qadar viloyatning barcha sayyohlik obidalarida shunday kodlar joriy etiladi. QR-kod vositasida tarixiy obidalar to‘g‘risida beriladigan ma'lumotlar 12 tilda taqdim etiladi.
QR-kod yordamida sayyohlar shunday kod kiritilgan har bir obekt haqida batafsil ma'lumotlarni olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026