Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Finlyandiya yetakchisini tabrikladi
O‘zbekiston Respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Respublikasi prezidenti Sauli Niynistyoni davlat rahbari lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi. Qutlov matni davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.
“Finlyandiya Respublikasi Prezidenti
Sauli Niynistyo
Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Finlyandiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Mamlakatlarimiz o‘zaro amaliy hamkorlik qilish, yuksak texnologiyalar va og‘ir sanoatdan tortib turizm va ta'lim almashinuvlarigacha bo‘lgan turli sohalarda aniq dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun keng imkoniyat va katta salohiyatga ega.
Sizga, Janob Prezident, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, davlat rahbari sifatidagi mas'uliyatli lavozimingizda katta muvaffaqiyatlar, do‘st Finlyandiya xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti”.
Mavzuga oid
08:40 / 23.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘priklaridan biri ochildi
22:02 / 21.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘prigidan biri ochildi
14:45 / 01.01.2026
Finlyandiya politsiyasi Boltiq dengizida Rossiyadan kelayotgan kemani qo‘lga oldi
13:06 / 17.11.2025