Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tug‘ilish ko‘rsatkichlari so‘nggi 10 yildagi eng past natijani qayd etdi
2017 yilda Rossiya Federatsiyasida 1,67 million bola dunyoga kelgan — bu 2016 yildagiga nisbatan 203 mingtaga kam demakdir. So‘nggi 10 yilda eng kam tug‘ilish faqat 2007 yilda qayd etilgan — o‘shanda 1,31 million bola dunyoga kelgandi.
2017 yilda mamlakatning barcha mintaqalarida tug‘ilish ko‘rsatkichlari kamaygan, faqat Chechenistongina bundan mustasno - u yerda tug‘ilish darajasi avvalgidek. Eng kam tug‘ilish Chukotkada — 658 bola.
"Rosstat", shuningdek, 2017 yilda ajrimlar va nikoh ko‘rsatkichlari o‘sganini ham qayd etdi. Manbada ta'kidlanishicha, mamlakatda o‘lim holatlari kamaygan - 63,3 ming kishi. Shunday bo‘lsa-da, baribir tug‘ilishga nisbatan o‘lim holatlari ko‘proq.
Shularga qaramay, Rossiya aholisining umumiy soni biroz o‘sgan - 146,877 million kishi. Bu asosan Markaziy Osiyo va Ukraina muhojirlari hisobiga ekani ta'kidlangan.
Ekspertlarning fikricha, bunday past tug‘ilish ko‘rsatkichlari bilan 2050 yilga borib mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi hech bo‘lmaganda hozirgi holatida qoladi yoxud kamayadi, biroq nafaqaxo‘rlar soni oshadi.
Ta'kidlash joizki, 2017 yilda O‘zbekistonda 722 094 ta tug‘ilish qayd etildi. Bu esa 2016 yilgiga nisbatan 10 ming 490 taga kam (14 foizlik pasayish). Respublika miqyosida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etildi - 89 ming 637 ta (12,4 foiz). Eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan shahar - Namangan shahri bo‘ldi - 14 ming 992 nafar (2 foiz).
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026