Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilganlar ustidan ma'muriy nazorat takomillashtiriladi
2018 yil uchun davlat dasturi bilan (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) «Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma'muriy nazorati to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Norma.uz’ning yozishicha, ma'muriy nazorat – bu tarbiyaviy oldini olish ta'sir choralarining majmuini ifodalab, nazorat ostidagilarga nisbatan quyidagi cheklashlarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi:
• kunning belgilab qo‘yilgan vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash;
• tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo‘lishini taqiqlash;
• IIOning ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash;
• ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda 1 martadan 4 martagacha IIOga kelib uchrashish.
Qonunning yangi tahriri ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha puxta ishlanadi.
Birinchidan, ma'muriy nazoratni o‘rnatish zarurati jinoiy qilmishning va uni sodir etgan shaxsning real ijtimoiy xavfliligi darajasiga asoslanishi kerak.
Ma'muriy nazoratning amaldagi mezonlari shundayki, muayyan vaziyatlarda u ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki yengilroq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
Ma'lumot uchun. Ma'muriy nazorat voyaga yetgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi:
• og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun 2 yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo‘liga o‘tishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa;
• og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun 2 yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng IIOning jamiyat uchun zararli kun kechirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan bo‘lsalar;
• o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan.
Ikkinchidan, qonun normalarini jinoyatlarni og‘ir va o‘ta og‘irga tasniflash qismida Jinoyat kodeksi bilan muvofiqlashtirish lozim.
JKning 15-moddasiga ko‘ra:
• og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi;
• o‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Hujjat 23.01.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
18:00 / 06.05.2026
Qurilish obektlari videokamera orqali onlayn nazorat qilinadi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026