Jahon | 08:27 / 30.01.2018
16673
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh: Rossiya sanksiyalar tufayli milliardlab dollarlik qurolni sota olmadi

Foto: Reuters

AQSh Davlat departamentidan ma'lum qilishlaricha, 2017 yilgi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun rus qurol-yarog‘ini milliardlab dollar evaziga sotilishining oldini oldi. Biroq, 2016 yilgi mamlakat prezidentligi uchun saylovlarga «Rossiya aralashuvi» uchun sanksiyalar haqida e'lon qilinmadi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Biz bugun kongressni qonunchilik va uning qo‘llanilishi rus qurol-yarog‘ini sotilishidan to‘xtatayotgani haqida xabardor qildik. U kuchga kirganidan beri, bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, qator mamlakatlar hukumati Rossiyadan milliardlab dollar evaziga qurol sotib olish rejalaridan yoki e'lon qilib bo‘lingan xaridlardan voz kechdi», - deya aytib o‘tgan Davlat departamenti matbuot kotibi Hizer Nauert.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Britaniyaga «buyuk savdo sherikligi»ni va'da qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid