Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi vakillarini qabul qildi
Foto: Qo‘mita matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi vakillarini qabul qildi. Bu haqida qo‘mita matbuot xizmati KUN.UZ'ga xabar berdi.
Ta'kidlash joizki, Kuvaytning mazkur fondi O‘zbekistonning aholini suv bilan ta'minlash, infratuzilmalar va tibbiy xizmatlar sohalaridagi asosiy hamkorlaridan biridir.
Uchrashuv davomida mamlakatimizning turli sohalarida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgani, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani qayd etildi. Xususan, chet ellik sarmoyachilarga katta imtiyozlar taqdim etilayotgani ta'kidlandi - qator soliqlar, bojxona to‘lovlaridan ozod qilish, investitsion loyihalarni tayyorlash jarayonlari soddalashtirish va ularni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish shular jumlasidandir.

O‘zbekistondagi uy tekstili va matolar ishlab chiqarishga investitsiya kiritish misolida shu va boshqa afzalliklar haqida aytib o‘tildi.
Kuvayt tomoni, o‘z navbatida, amaliy hamkorlikni kengaytirish va muntazam maslahatlashuvlarni o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi. Bu shubhasiz o‘zbek-kuvayt aloqalarining turli sohalarda, eng avvalo savdo-sotiq, investitsiyalar va loyihalarni birgalikda amalga oshirishni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Mavzuga oid
09:05
Sergelida yirik quruq port loyihasi amalga oshiriladi
14:16 / 25.02.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi
18:42 / 24.02.2026
Markaziy Osiyo integratsiyasi uchun keyingi strategik qadam – umumiy investitsiya makoni
13:25 / 23.02.2026