Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada yakshanba kunlari savdo-sotiqni taqiqlash haqidagi qonun qabul qilindi
Polsha prezidenti Anjyey Duda 30 yanvarda yakshanba kunlari savdo-sotiqni taqiqlash haqidagi qonunni imzoladi.
Polsha seymi (parlamenti) avvalroq bu qonunni 254 ovoz bilan qabul qilgan. Qonun 2018 yil martidan 2020 yil yanvarigacha o‘tish davri bilan bosqichma-bosqich kuchga kiritiladi.
Dastlab bu qonun joriy yilning 1 yanvaridan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mart oyidan boshlab do‘konlar oyning birinchi va oxirgi yakshanbalarida, 2019 yilda esa oyning faqatgina oxirgi yakshanbasida ishlaydi. 2020 yildan esa taqiqlov to‘liq kuchga kiradi.
Qonun bir necha istisnolarga ega. Jumladan, yakshanba kunlari internet-do‘konlarga va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalaridagi savdo nuqtalariga savdo qilishga ruxsat beriladi.
Bu qonunni buzganlik uchun jarima yoki erkinlikni cheklash ko‘rinishidagi jazo qo‘llanishi mumkin.
Duda yakshanba kunlari savdo qilishning taqiqlanishi Polsha oilalariga ijobiy ta'sir qilishini aytgan.
“Yakshanba kuni ishlovchilar bu kunni oilalari bilan o‘tkaza olmaydilar”, deb aytgan Duda.
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy bu qonunga baho berar ekan, uni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Uning ta'kidlashicha, bunday taqiqlovlar Yevropa Ittifoqining ba'zi davlatlarida amal qiladi.
Qonunga qarshi chiqayotganlarning aytishicha, bu taqiqlov birinchi navbatda Polshaning sharqidagi chegara hududlarida joylashgan do‘konlarga ta'sir qiladi. Chunki Belarus aholisining o‘zi bir yilda Polsha do‘konlarida 100 mln yevrodan ko‘proq pul qoldiradi.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:14 / 01.05.2025