Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati Apple’ga nisbatan surishtiruv boshladi
AQSh Adliya vazirligi hamda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi iPhone akkumulyatorlari bilan bog‘liq mojaroni birgalikda surishtiruvdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda The Verge xabar qilmoqda.
Idoralar Apple eski iPhone modellarida protsessorlar ishining atayin sekinlashishi holatini yashirib, shaxsiy ma'lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzganini aniqlashi kerak. Shu bilan birga, Fransiya va Italiyada ham Apple’ga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Rossiyada ham kompaniyaga qarshi bir nechta da'vo arizalari bilan chiqishgan.
Avvalroq, Apple kompaniyasi ba'zi eski iPhone modellari unumdorligini ataylab pasaytirishi ma'lum bo‘lgandan keyin yuzaga kelgan “tushunmovchilik” uchun uzr so‘ragandi. Bayonotda aytilishicha, bir yil avval chiqqan iOS 10.2.1 yangilanmasi iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s, iPhone 6s Plus va iPhone SE smartfonlari unumdorligini ularning batareyalari uzoqroq ishlashi va smartfonlar o‘chib qolishi bilan bog‘liq muammolardan qochish uchun pasaytiradi.
Mavzuga oid
10:00
Tramp qo‘llagan nomzod Kolumbiya saylovida yetakchilik qilmoqda
09:45
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:28
AQSh va Eron muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. Nimalar ma’lum?
09:02 / 20.06.2026