Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyada ayblangan saudiyalik amaldorlar qancha pul evaziga qo‘yib yuborilgani ma'lum qilindi
Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiya sabab tergov ostida saqlanayotgan amaldorlardan 400 milliard rial (10 milliard dollar)dan ortiq mablag‘ni undirib olishga doir kelishuvga erishdi. Biroq 56 nafar gumondorni ozodlikka chiqarishdan bosh tortdi. Bloomberg shu haqida ma'lum qildi.
"To‘lovlar turli aktivlar, shu jumladan ko‘chmas mulk, tijoriy obektlar, qimmatbaho qog‘ozlar, pul vositalari va boshqa aktivlar kombinatsiyasini o‘z ichiga olgan", - dedi bosh prokuror, shayx Saud Al-Muhib hukumatning Xalqaro aloqalar markazi bayonotida.
Ba'zi gumondorlar dalillar yo‘qligi sabab ozod qilindi. Umumiy hisobda 381 kishi sudda so‘roq qilishga chaqirtirilgan. Bayonotga ko‘ra, hukumat ko‘rishda davom etilayotgan boshqa jinoiy ishlar sabab 56 kishini ozodlikka chiqarishdan bosh tortgan.
Manbada aytilishicha, bunday "tozalash" ishlari sarmoyachilar orasidagi o‘yin maydonini tenglashtirish uchun ishlab chiqilgan. Shahzoda Muhammadning mamlakat iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishga doir rejasi ish berishi uchun korrupsiyaga qarshi kampaniyani yo‘lga qo‘yishdan boshqa yo‘li qolmagandi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026