Sport | 08:40 / 31.01.2018
8052
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» safarda yirik g‘alabaga erishdi

Foto: Premer liga

Angliya Premer-ligasining 25-turida «Liverpul» «Haddersfild Taun» mehmoni bo‘ldi. «Jon Smit — Gelfarm» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yurgen Klopp shogirdlari 26-daqiqadayoq oldinga chiqib olishdi, gol muallifi Emre Jan. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Roberto Firmino mersisaydliklar jamoasining ustunligini oshirdi. O‘yinning 78-daqiqasida penaltini aniq ijro etgan Muhammad Saloh o‘yinning yakuniy natijasini o‘rnatdi — 3:0.

Endilikda chempionat turnir jadvalida «Liverpul» 50 ochkosi bilan to‘rtinchi o‘rinda, «Haddersfild Taun» esa 24 ochkosi bilan — 14-pog‘onada joylashgan.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuv «Vest Hem Yunayted» va «Kristal Pelas» o‘rtasida kechdi. Ushbu uchrashuvda kuchlar teng keldi — 1:1.

Angliya chempionati 
25-tur

Haddersfild – Liverpul 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 26 Jan, 0:2 – 45 Firmino, 0:3 – 78, Saloh (penalti).
Haddersfild – Lessl, Xaderdjonay, Yorgensen, Shindler, Kongolo, Leve (Ins, 79), Muy (van La Parra, 79), Xogg, Billing, Depuatr, Mune (Kvaner, 63).
Liverpul – Karius, Gomes, Matip, Lovren, Robertson, Jan, Xenderson (Veynaldum, 83), Milner, Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 83), Firmino (Solanke, 89), Mane.

Vest Hem – Kristal Pelas 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 24 Benteke, 1:1 – 43, penalti Nobl.
Vest Hem – Adrian, Kollinz, Ogbonna, Rays, Bayrem, Sabaleta, Nobl, Kressuell, Kuyate (Oksford, 86), Joau Mariu, Ernandes.
Kristal Pelas – Hennessi, Fosu-Mensa, Kelli, Tomkins, van Anxolt, Zaa, Makartur, Milivoyevich, Taunsend, Benteke, Sako (Kabay, 41).
Ogohlantirishlar: Milivoyevich (4), Tomkins (45), Bayrem (56), Taunsend (69).

Foto: Premer liga

Mavzuga oid