Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Markaziy bank boshqaruvi raisiga o‘rinbosar tayinladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan Adxam Rustamovich Islamov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda MB axborot xizmati xabar berdi.
A.Islomov Toshkent Moliya institutining bank ishi fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1993 yilda O‘zFA Astronomiya institutida boshlagan.
Bank sohasidagi faoliyatini 1998 yilda ATB “Asaka bank”da oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2006 yil aprelidan 2008 yil avgustigacha bankning Xalqaro hamkorlik va eksport-import operatsiyalari departamenti, keyin Moliyaviy tahlil, strategik rivojlanish departamenti boshliqlari o‘rinbosari vazifalarini egallagan.
2008-2011 yillarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, sho‘'ba mudiri lavozimida ishlagan.
2011-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, so‘ng vaqtincha Boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
2014-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti lavozimida ishlab keldi.
Mavzuga oid
19:54 / 15.07.2026
Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
19:43 / 04.07.2026