Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya bo‘yicha kongress ishtirokchilari Suriya demokratik davlat bo‘lishi lozimligini aytishdi
Foto: Federalnoye agentstvo novostey / Stepan Yatsko
Sochida Suriya milliy muloqoti kongressi ishtirokchilari Suriya demokratik davlat bo‘lishi lozimligini, terrorchilikka va dinlararo adovatga qarshi kurashishga sodiqliklarini aytib o‘tishdi. Bu haqda kongressning bayonotida ma'lum qilingan.
“Suriya Arab Respublikasi/Suriya davlati diniy, milliy va gender mansublikdan qat'iy nazar, siyosiy turfa xillik va tenghuquqlik, qonun ustuvorligini to‘liq hurmat qilish va himoya qilish tamoyillariga asoslangan demokratik davlat bo‘lishi lozim”, deyilgan bayonotda.
Kongress ishtirokchilari, shuningdek, terrorchilikka va dinlararo adovatga qarshi kurashishga sodiqliklarini aytib o‘tishdi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, kongress ishtirokchilari Suriyadagi muammolarning siyosiy hal qilinishini “terrorchilik, fanatiklik, ekstremizm, dinlararo adovat va bu illatlarning tarqalishiga ko‘mak beruvchi sharoitlarga qarshi faol kurashishga sodiqlik”da ko‘rishmoqda.
Bundan tashqari, xabarda aytilishicha, Suriyada “kuchli, birlashgan, hurmatga loyiq, o‘z vazifalarini konstitutsiya va yuqori standartlarga binoan bajara oladigan milliy armiya” bo‘lishi lozim.
“Armiyaning vazifalari milliy chegaralar va xalqni tashqi tahdidlar va terrorchilikdan himoya qilishdir, maxsus xizmatlar va xavfsizlik xizmatlari milliy xavfsizlikni qonun ustuvorligi tamoyiliga mos holda qo‘llab-quvvatlashlari, konstitutsiya va qonun doirasida harakat qilishlari va inson huquqlarini hurmat qilishlari lozim. Kuch ishlatish faqatgina mutasaddi davlat institutlarining huquqi bo‘lishi kerak”, deyilgan bayonotda.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026