Jahon | 08:07 / 01.02.2018
4271
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadagi kimyoviy hujumni mustaqil tekshiruvdan o‘tkazish uchun pul ajratdi

Foto: Umit Bektas/Reuters

AQSh Suriyadagi jinoyatlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil xalqaro mexanizmni moliyalashtirish uchun 350 ming dollar yo‘naltiradi va bu mablag‘ kimyoviy hujumlar masalasiga ham oydinlik kiritishidan umid qilmoqda, deb xabar berdi RIA «Novosti».

Bu haqda AQShning butunjahon tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi BMT-Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotning Kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma mexanizmi o‘z ishini to‘xtatgani fonida ma'lum qildi.

«AQSh Suriyada sodir etilgan jinoyatlarni shaffof va mustaqil tekshiruvdan o‘tkazish xalqaro mexanizmi uchun 350 ming dollar ajratadi. U Asadning shafqatsiz rejimi, xususan, kimyoviy qurolni qo‘llashga mas'ul bo‘lgan shaxslarni majburiyatga tortish bo‘yicha sa'y-harakatlarga yordam beradi. Bu hozir juda muhim, sababi Rossiya Qo‘shma mexanizmni «o‘ldirdi», - deya xabar qilgan AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid