Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda “suv osti kemalari ovchisi” sinovdan o‘tkazildi
AQShda raqibning suv osti kemalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan avtonom kater ACTUV’ning ilk sinovlari yakuniga yetdi. Ushbu suv sirtida harakatlanuvchi katerning sinovi videosi AQShning istiqbolli mudofaa ishlanmalari agentligi DARPA’ning YouTube-kanalida joylashtirildi.
Ma'lum qilinishicha, agentlik loyihaning o‘ziga tegishli qismini bajarib bo‘lgan, endi ACTUV bilan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ilmiy-tadqiqot boshqarmasi (ONR) shug‘ullanadi. Robotlashtirilgan majmuani 2018 yil oxirigacha qurollanishga olish rejalashtirilgan.
Kater ustida ishlar 2010 yildan beri olib borilmoqda. DARPA “suv osti kemalari ovchisi”ni loyihalashtirilishi va qurilishini nazorat qilgan, ONR’ning vazifasiga qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish va dronni AQSh harbiy-dengiz kuchlari talablariga muvofiq takomillashtirish kiradi.
Kema 50 km/soat tezlik bilan yura oladi, uzunligi 40 metrni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, ACTUV shovqinsiz dizel-elektrik suv osti kemalarini topish va ta'qib qilishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, kater oziq-ovqat tashish va dengiz minalarini qidirish uchun qo‘llanadi.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026