Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inqirozlar davom etayotgan davlatlardagi 48 mln bolaga 3,6 mlrd dollarlik yordam talab etilmoqda
Foto: LiveJournal
BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF to‘qnashuvlar va tabiiy fojialar sababli gumanitar inqirozlar davom etayotgan 51 ta davlatdagi 48 mln bolaga 3,6 mlrd dollarlik yordam ajratishga chaqirdi.
Birinchi navbatda bu yordamga Yaqin Sharq davlatlari, asosan Suriya, Yaman va Iroq bolalari ehtiyoj sezmoqda.
Umumiy miqdordan 1,3 mlrd dollarni Suriyadagi bolalar va suriyalik qochqinlarning Turkiya, Livan, Iordaniya va Iroqdagi farzandlariga ajratish lozim.
YUNISEFning favqulodda dasturlar direktori Manuel Fonteyn Jyenevadagi matbuot anjumanda aytganidek, Myanma, Kongo, Iroq, Nigeriya, Janubiy Sudan, Suriya va Yamanda davom etayotgan qurolli ixtiloflar bolalar hayotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Uning aytishicha, bu davlatlardagi bolalar shoshilinch gumanitar yordamga muhtojlar. “Agar xalqaro hamjamiyat bu bolalarni himoya qilish va ularni hayotiy muhim ehtiyojlar bilan ta'minlash uchun tezkor choralar ko‘rmasa, unda bu bolalar kelajakka umiddan deyarli mahrum bo‘ladilar”, deb aytgan Fonteyn.
YUNISEF vakilining aytishicha, dunyo kun sayin bolalar uchun xavfli joyga aylanmoqda.
Fonteynning aytishicha, 3,6 mlrd dollardan 84 foizi inqiroz sharoitida yashovchi bolalarga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
14:01 / 19.03.2026
YUNISEF: bolalar o‘limiga qarshi kurashdagi taraqqiyot sekinlashdi
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026
Bundestag Germaniyada boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirdi
18:35 / 08.02.2026