Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek olimlari kasallik turi va og‘irligini aniqlash imkonini beruvchi model yaratishdi
Inson yuragi peristaltik nasos singari ishlaydi. Xo‘sh, ana shu murakkab jarayonning matematik modellarini yaratish mumkinmi?
“Xalq so‘zi” nashrining xabar berishicha, professor Qurolboy Navro‘zov boshchiligidagi tadqiqotchilar buning uddasidan chiqishdi. Binobarin, fizika-matematika fanlari doktori boshchiligida qon harakati, eritrotsit, trombotsit va leykotsitlarning plazma suyuqligi muhitida cho‘kish mexanizmi ham aniqlandi.
Olingan natijalarga ko‘ra, bemor qonidagi eritrotsit zarrachalarining cho‘kish tezligi hamda reaksiyalariga qarab kasallik turi va og‘irlik darajasini aniqlash mumkin.
Tajriba natijalari Xorazm viloyati temir yo‘l shifoxonasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Xorazm filialida sinovdan o‘tkazildi.
Mavzuga oid
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026