Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShIDning 7 ming faol jangarisi bor – Rossiya tashqi ishlar vazirligi
Afg‘onistonda IShIDning 7 mingga yaqin faol jangarisi va bir necha ming “zaxiradagi jangarilari” harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vazirligining Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti boshlig‘i Zamir Kabulov aytib o‘tdi.
“Biz oxirgi 3 yil davomida IShIDning Afg‘onistondagi qanoti shakllanishi ortidan kuzatmoqdamiz. IShID jangarilarining soni 60-70 mingni tashkil qiluvchi “toliblar”nikiga yetmaydi. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, Afg‘onistonda IShIDning bir necha ming zaxiradagi jangarilaridan tashqari, 7 mingga yaqin faol jangarisi bor. Aynan zaxiradagi jangarilarni aniqlash – bu murakkab vazifadir. Bundan tashqari, bu “zaxirachilarni” aniqlashi kerak bo‘lgan afg‘on hukumati ham, xorijiy qo‘shinlar ham ularni aniqlash bilan shug‘ullanmayapti. Bu juda jiddiy masala”, deb aytdi Kabulov “Rossiya-24” telekanali efirida.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026