Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston xalqlari chegaralar delimitatsiyasi yakunlanishini kutishmoqda – Jeenbekov
Qirg‘iziston va Tojikiston xalqlari chegaralar delimitatsiyasi yakunlanishini kutishmoqda. Bu haqda Dushanbedagi muzokaralarda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov aytib o‘tdi.
“Quvonarlisi, muhim masalalar bo‘yicha fikrlarimiz va pozitsiyalarimiz mos keladi. Hamkorlikning butun spektrini faollashtirish uchun ikki tomonlama mexanizmlar faoliyati samaradorligini oshirish lozim. Bu borada Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi kengash, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya masalalarini kompleks ko‘rib chiqish bo‘yicha qirg‘iz-tojik hukumatlararo komissiyalari doimiy asosda ishlashlari kerak. Xalqlarimiz uzoq vaqtdan beri davlat chegarasi delimitatsiyasi yakunlanishini kutishmoqda. Qirg‘iz-tojik davlat chegarasi delimitatsiyasi masalasining tezkorlik bilan hal qilinishi va kelishuv imzolanishi chegarada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillari bo‘ladi”, deb aytgan Jeenbekov.
Jeenbekovning ta'kidlashicha, shu munosabat bilan hukumatlar ishchi guruhlari ishini faollashtirish va qirg‘iz-tojik davlat chegarasi o‘tish liniyalarini ifodalash va tasvirlash huquqiy asoslari bo‘yicha yakuniy kelishuv uchun uchrashuv o‘tkazish lozim.
Jeenbekovning fikricha, davlat chegaralarini muhofaza qilish, terrorchilik va ekstremizm, narkotrafikka qarshi kurashish uchun birgalikdagi amaliy choralar qabul qilish lozim.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026