Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda terrorchilik yacheykasi rahbari ushlandi, u Farg‘ona vodiysida odam yollash bo‘yicha platsdarm tashkil etgani aytilmoqda
Qirg‘izistonda yashirin terrorchilik yacheykasi yetakchisi qo‘lga olindi, u odamlarni yollash bilan shug‘ullangan. Bu haqda «Interfaks» Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs yashirin yacheykani tashkil etgan va unga boshchilik qilgan. U jinoiy faoliyatni amalga oshirish uchun soxta hujjatlardan, jumladan Qirg‘iziston fuqarosi pasportidan foydalangan. Shuningdek, xalqaro terrorchilik tashkilotlari rahbarlari ko‘rsatmasiga binoan Farg‘ona vodiysida odamlarni yollash bo‘yicha platsdarm tashkil qilgan», deya xabar berishgan Qirg‘iziston MXDQdan.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs ekstremistik jinoyatlar uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026