Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘rikzor» bozorining ikki obekti sotuvga qo‘yildi
«O‘rikzor» bozorining ikki obekti sotuvga qo‘yildi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Xususan, Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tomonidan 2018 yil 31 yanvar kuni savdolarga qo‘yilgan davlat aktivlari ro‘yxatida savdo hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ikkita mulk kompleksi ham ko‘rsatilgan.
Birinchi kompleks Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan bo‘lib, maydoni 22,7 ming kvadrat m2.ga teng, 42,7 mlrd so‘mlik narxda taklif etilmoqda; ikkinchi kompleksning maydoni 23,6 ming m2 bo‘lib, Uyg‘ur ko‘chasida joylashgan – 62 mlrd so‘mdan.
Har ikki kompleks ham oferta shartnomasi bo‘yicha taklif etilmoqda va investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi - yangi xaridor mazkur obektlarga mablag‘ kiritishi lozim, uning aniq summasi ko‘rsatilmagan.
Hozirda komplekslar «O‘rikzor savdo kompleksi» MChJ balansida turibdi.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
14:22 / 12.06.2026