Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta yer dengizida muhojirlar qayig‘i ag‘darilishi oqibatida 90 kishi halok bo‘ldi
O‘rta yer dengizida, Liviya sohillari yaqinida muhojirlar qayig‘i ag‘darilishi oqibatida unda bo‘lgan deyarli barcha odamlar – 90 kishi halok bo‘lgan. Uch kishi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, ular halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi Pokistondan bo‘lganini ma'lum qilishgan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) xabar bermoqda.
XMT matbuot kotibi Oliviya Xidonning ma'lum qilishicha, Liviyaning Zuvar shahri sohillariga 10 jasad oqib kelgan. Jasadlar 8 pokistonlik va 2 liviyalikka tegishli ekanligi aniqlangan.
XMTda ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda Yevropaga Liviya orqali o‘tmoqchi bo‘layotgan pokistonliklar soni keskin oshib ketgan.
O‘tgan yil Italiyaga O‘rta yer dengizi orqali 119 ming muhojir, 2016 yilda esa 180 ming muhojir kelgan.
Mavzuga oid
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026