Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegaradagi viloyatida 13 terrorchi o‘ldirildi
Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarasida joylashgan Faryob viloyatida «Tolibon» radikal harakatining ikki nafar dala qo‘mondoni o‘ldirildi. Bu haqda «Interfaks» Afg‘oniston milliy armiyasi maxsus topshiriqli guruhi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
«Milliy armiyaning maxsus topshiriqli guruhi bo‘linmasi tomonidan Faryob viloyatining Xoja Sabz-Posh uyezdida joylashgan Qorashix aholi punkti hududida o‘tkazilayotgan «Navid-8» amaliyoti davomida, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 13 terrorchi, jumladan, ikki nafar muhim dala qo‘mondoni yo‘q qilindi, o‘n jangari yaralandi. Hukumatga qarshi guruhlar pozitsiyalariga zarbalar yer va havodan berilmoqda, amaliyot davom etyapti», - deyiladi xabarda.