Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bir kun ichida 100 ga yaqin jangari yo‘q qilindi
O‘tgan sutkada Afg‘oniston hukumat kuchlari tomondan o‘tkazilgan bir qator maxsus operatsiyalar natijasida kamida 100 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda 4 fevralda Afg‘onistonning TOLOnews telekanali Afg‘oniston milliy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Davlat Vaziriyga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Operatsiyalar Farob, Qandahor, G‘azni, Nangorhor, Gilmand, Maydon, Vardaq va Lohar viloyatlarida o‘tkazilgan. Harbiylar jangarilarga tegishli qurol va o‘q-dorilarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishgan. Hukumat qo‘shinlari tomondan talofatlar haqida ma'lumot keltirilmagan.
Oxirgi vaqtda Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari hamda shimolida ekstremistlar pozitsiyalari sezilarli kuchaygani kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026