18:10 / 04.02.2018
8927

Erdo‘g‘anning tashrifi munosabati bilan Rimda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Foto: EPA

Rimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Vatikanga tashrifi oldidan maxsus xavfsizlik choralari ko‘rildi. ANSA axborot agentligi shu haqida xabar berdi. 

Turkiya prezidentining tashrifidan bir necha soat oldin Italiya poytaxtida qator ko‘chalar to‘sib qo‘yilib, u yerlarda huquq-tartibot organlarining 3500 nafari navbatchilik qilmoqda.

Shu bilan birga, Italiya hukumati yadroviy, biologik, kimyoviy va radiologik hujumning oldini olishga doir maxsus otryadlarni jalb qilgan.

Huquq-tartibot organlari Turkiya davlat rahbarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab vaziyatni qat'iy nazorat ostiga olishga tayyor.

Shaharda shuningdek maxsus "yashil zonalar" tashkil etilgan bo‘lib, u yerlarda norozilik namoyishlarini o‘tkazish taqiqlanadi. Bu PYD/PKK terrorchilari provokatsiyasining oldini olishga yordam beradi, deyiladi manbada.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Vatikanga ikki kunlik tashrifi Rim Papasi Frantsisk taklifiga binoan tashkil etilgan.

Top