Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadada ishtirok etuvchi Norvegiya termasiga xato tufayli naq 15 mingta tuxum yetkazildi
Olimpiadada ishtirok etuvchi Norvegiya terma jamoasining Pyongchangdagi oshpazlariga ular buyurtma qilgandan 10 barobar ko‘proq, ya'ni 15 mingta tovuq tuxumi yetkazildi. Aslida esa 1500 ta tuxum ko‘zda tutilgan. Bu haqda NRK nashri xabar berdi.
Nashrning ta'kidlashicha, terma jamoa vakillari janubiy koreyalik yetkazib beruvchilar bilan onlayn-tarjimon yordamida muloqot qilishgan. Natijada esa zarur bo‘lgan tuxum soni yoniga yana bitta “nol” qo‘shilib, keragidan 10 barobar ko‘proq yetkazilgan.
“Bizga yarmigacha tuxum bilan to‘lgan mashina keldi. Biz tuxum qutilari tashilaverib-tashilaverib, adog‘i ko‘rinmaganidan hayron ham bo‘ldik. Nima ham qilardik, endi quymoqlar qilamiz, tuxumlarni qovurib, suvda pishiramiz, tuxum bilan losos tayyorlaymiz. Va albatta, umid qilamanki, biz sportchilarni medallar uchun taqdirlaydigan shakarli pechenedan ko‘proq tayyorlashimizga to‘g‘ri keladi”, deb aytgan terma jamoa oshpazi.
Mavzuga oid
08:16
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
22:55 / 26.03.2026