Sport | 09:20 / 05.02.2018
8358
2 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» «Valensiya»dan uzoqlashib «Barselona»ga yaqinlashdi

Foto: La Liga

Ispaniya chempionatining 22-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qildi. Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 59-daqiqada aniq harakat qilgan Anxel Korrea nomiga yozildi. Uni Koke pas bilan ta'minlagandi.

Shu tariqa, «Valensiya» Primerada qatorasiga uchinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

Endilikda «Atletiko» 49 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashdi. Tur yakunlariga ko‘ra «matraschilar» uchinchi o‘rindagi «Valensiya»ni 9 ochkoga ortda qoldirdi, bu turda «Espanol» bilan durang o‘ynagan «Barselona» (58) bilan oradagi farq 9taga qisqardi.

Ispaniya chempionati
22-tur

Atletiko – Valensiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 59 Korrea.
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Savich (Ximenes, 29), Godin (Xuanfran, 51), Lyuka Ernandes, Korrea, Koke, Saul, Ferreyra Karrasko (Gabi, 62), Grizmann, Diyego Kosta.
Valensiya – Neto, Ruben Vezu, Garay, Gabriel, Gayya, Maksimovich (Soler, 65), Parexo, Kondogbia, Toni Lato (Rodrigo, 62), Dzadza, Santi Mina.
Ogohlantirishlar: Gabi (74), Gayya (90).

Foto: La Liga
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid