Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar bor?
Foto: Fotolia
I va II guruh nogironlari mol-mulk, yer, har bir oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha daromad solig‘idan ozod qilingan. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.
Qonunchilikda shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta'minlashga oid normalar ham mavjud.
Unga ko‘ra xodimlar soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarda xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam soni tegishli hokimlik qaroriga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxirada ushlab turiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul ta'minlanish huquqiga ega bo‘lgan imtiyozli shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.
Muhtoj nogironlar reabilitatsiya texnik vositalarini o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olgan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lanadi.

Mavzuga oid
12:24 / 12.04.2026
“Gapira olmasa ham baxtliman” – matonatlilar oilasi haqida hikoya
19:55 / 11.03.2026
Nogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
20:20 / 03.03.2026
Sovg‘a deb berishdi, keyin “to‘la” deyishdi - Qumqo‘rg‘ondagi tanish muammo
18:37 / 25.12.2025