Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda birdaniga ikkita yirik ko‘rgazma o‘tkaziladi
«O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasida XIII «Uzbekistan Agrotech Expo–2018» respublika agrosanoat majmuasi uchun zamonaviy uskunalar hamda texnologiyalar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkasi va VII «Uzbekistan Agromash Expo–2018» qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda mashinalari xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir joriy yilning 30 may – 2 iyun kunlari Toshkentdagi Markaziy pavilon va «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi ochiq maydonlarida tashkillashtiriladi.
Ushbu ko‘rgazmalar mintaqa ko‘rgazma tadbirlari orasida yetakchi o‘rinni egalladi.
Ko‘rgazma quyidagi bo‘limlardan iborat: «Meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqarish va qayta ishlash», «Go‘sht va baliq ishlab chiqarish hamda qayta ishlash», «Sutni qayta ishlash», «Veterinariya», «Non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish», «Yorliqlar, poligrafiya, qadoq», «Muzlatish texnologiyalari», «O‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy preparatlar, purkagichlar», «Bog‘dorchilik va issiqxona komplekslari uchun texnologiyalar», «Chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik rivoji uchun texnologiyalar hamda uskunalar», «Muqobil energiya». Ko‘rgazma o‘tkazilayotgan vaqtda seminarlar hamda taqdimotlar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026