12:15 / 05.02.2018
20524

Janjalning ayanchli oqibati: poytaxtda pichoqbozlik yuz berdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida pichoqbozlik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

31 yanvar kuni soat 20.25larda Shayxontohur tumani Qizil Sharq tor ko‘chasi 76-“A” uyda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Alp Jamol ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, J.S.ning yonbosh va ko‘krak qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada J.S. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.Sh. qo‘lga olingan.

 

Mavzuga oid
Top