Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston: O‘zbekiston bilan chegarada yaralangan fuqaro bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yaralangan qirg‘izistonlik fuqaro bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda AKIpress Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatiga asosan xabar berdi.
Surishtiruv ishlarini olib borish uchun maxsus komissiya tashkil etilgan. U chegara xizmati boshqarmasi organlari va mahalliy hokimiyat vakillaridan tashkil topgan. Qirg‘iziston tomoni surishtiruvni xuddi o‘zbek tomoni kabi alohida olib bormoqda.
«Natijalar yaqinda ma'lum bo‘ladi. Ularga ko‘ra, qo‘shimcha ma'lumot beriladi», - deya xabar qilishgan Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatidan.
Mavzuga oid: O‘zbekiston oyog‘idan yaralangan shaxsni Qirg‘izistonga topshirdi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan qirg‘izistonlik oyog‘idan yaralangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026