09:42 / 06.02.2018
17967
Reklama

“Qishloq qurilish bank” yangi xizmat ko‘rsatish belgisiga ega bo‘ldi

Foto: Qishloq qurilish bank

Aktsiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi Qaroriga asosan OATB “G‘allabank” negizida tashkil etilgan. Qarorga ko‘ra, uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obektlarini qurish hamda ta'mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish mazkur bankning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Bugungi kunda bank tizimida 42 ta filial, 40 ta minibank va 231 ta shoxobchalar orqali 837 mingdan ortiq mijozlarga keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 2018 yilning 1 yanvar holatiga, bankning sof aktivlari 6 647,1 mlrd. so‘mni, bank umumiy kapitali 1168,3 mlrd. so‘mni, kredit portfeli esa 5 736,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bank Kengashi qaroriga muvofiq, ATB “Qishloq qurilish bank”ning yangi xizmat ko‘rsatish belgisi (logotip) tasdiqlandi. Bankning xizmat ko‘rsatish belgisida uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va missiyasi o‘z aksini topgan. Xususan, pul birligini yodga soladigan beshta gorizontal chiziqlar bank tomonidan qishloq rivoji uchun kiritilayotgan  sarmoyalarni anglatadi.

Bankning yangi xizmat ko‘rsatish belgisi ATB “Qishloq qurilish bank”ning zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘lamini kengaytirish orqali O‘zbekiston bank-moliya tarmog‘ida mustahkam o‘rin egallab, tobora moliyaviy yuksalib borayotganini ifodalaydi.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-93-39, www.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan

Reklama huquqi asosida

Top