Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston zavodi O‘zbekiston armiyasiga tunda ko‘rish qurilmalarini yetkazib berdi
Foto: Wikipedia
Qozog‘istonning "KAYe" korxonasi tomonidan 2017 yilning oxirida O‘zbekiston Qurolli kuchlari ehtiyoji uchun tunda ko‘rish asboblarining dastlabki partiyasi yetkazib berildi. Bu haqda "Kazaxstan injiniring" kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilgan.
Tarqatilgan xabarda ko‘rsatilishicha, zavod Toshkentda o‘tgan yilning sentabrida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi” sanoat ko‘rgazmasida o‘zining elektron-optik mahsulotini namoyish etgan.
O‘zbekiston tomoni bu mahsulotga qiziqish bildirdi hamda ikki tomonlama kelishuv imzoladi. Qozog‘istonning tunda ko‘rish uskunalari sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. O‘zbek sheriklar eksport mahsuloti qatorining kengayishidan manfaatdorligi aytiladi.
Mavzuga oid
07:33 / 08.04.2026
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar
10:21 / 29.03.2026
Eronda armiyaga chaqiruv yoshi 12 yoshdan etib belgilandi - OAV
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
22:21 / 01.02.2026