Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashiga umrbod boshchilik qilishi mumkin
Foto: Akorda
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashiga umrbod boshchilik qilish huquqini olishi mumkin. Bu haqda “Qozog‘iston Ruspublikasi Xavfsizlik kengashi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida aytilgan.
“Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Yelbasiga Xavfsizlik kengashiga umrbod boshchilik qilish huquqi tegishli”, deyilgan qonun loyihasining “Xavfsizlik kengashi tarkibi” deb atalgan 4-moddasida.
Qonun loyihasiga ko‘ra quyidagi shaxslar Xavfsizlik kengashi a'zolari hisoblanadi:
1) Qozog‘iston prezidenti;
2) parlament senati raisi;
3) parlament majlisi raisi;
4) bosh vazir;
5) davlat kotibi;
6) prezident ma'muriyati boshlig‘i;
7) Xavfsizlik kengashi kotibi;
8) bosh prokuror;
9) Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi;
10) tashqi ishlar vaziri;
11) mudofaa vaziri;
12) ichki ishlar vaziri.
Xavfsizlik kengashi a'zosi bo‘lish yuqori mavqeni belgilaydi. Xavfsizlik kengashi a'zolari hisoblanuvchi mansabdor shaxslar guvohnomalarida egallab turgan asosiy lavozimi haqidagi yozuv oldida “Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi a'zosi” yozuvi bo‘ladi.
Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi Qozog‘istonda ichki siyosiy barqarorlikni saqlash, konstitutsion tuzum, davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va mamlakatning xalqaro maydonda milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Qozog‘istonning milliy xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta'minlash sohasidagi yagona davlat siyosati olib borilishini muvofiqlashtiruvchi konstitutsion organ hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:54 / 15.01.2026
«Barcha dron operatorlari jangovar vazifani bajarishga tayyor» – O‘zbekiston mudofaa vaziri
15:01 / 15.01.2026
O‘zbekiston uchun 4 ta asosiy tahdid va chegaralarni qo‘riqlayotgan Bayraktar – DXX raisi hisoboti
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
20:04 / 29.12.2025