“Dunyo” axborot agentligi xabar berişiça, Polşaning Kierunek Kaukaz portali jurnalist Kasper Oxman qalamiga mansub, Özbekiston mudofaa sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarga bağişlangan materialni e’lon qildi.
Naşrda ta’kidlanişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida mamlakat mudofaa doktrinasini qayta körib çiqiş taşabbusini ilgari surgan. Uning fikriça, mintaqaviy va global vaziyat tez özgarib borayotgan bir şaroitda harbiy xavfsizlik va mudofaa tizimini mustahkamlaş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Materialda qayd etilişiça, 2018 yilda qabul qilingan mudofaa doktrinasi va 1997 yilgi milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta körib çiqiş vaqti kelgan. Bu hujjatlar yangi xavf-xatar va tahdidlar manzarasi, şuningdek, harbiy sohada texnologiyalarning jadal rivojlanişi hisobga olingan holda yangilanişi zarurligi urğulangan.
Yiğilişda mudofaa sohasidagi xavf-xatarlarning oldini olişga qaratilgan tizimli va faol (proaktiv) yondaşuvga ötiş zarurligi aytiladi. Şu bilan birga, Qurolli kuçlarni modernizatsiya qilişda harakatçanlikni oşiriş, boşqaruv samaradorligini kuçaytiriş, işlab çiqariş quvvatlarini rivojlantiriş, şuningdek, raqamli yeçimlar va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalaniş ustuvor yönalişlar sifatida körsatilgan.
Naşrda, şuningdek, texnologik daraja va barqarorlikni oşiriş maqsadida mudofaa sanoatini rivojlantiriş, raqamli yeçimlar bilan bir qatorda sun’iy intellekt elementlarini joriy etiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgani keltiriladi.
Kadrlar masalasi ham kun tartibida bölgan: armiyaning inson kapitalini rivojlantiriş, harbiy ta’lim tizimini takomillaştiriş, jumladan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida raqamli hamda intellektual ta’lim texnologiyalarini keng qöllaş muhimligi ta’kidlangan.
Bundan taşqari, materialda harbiy xizmatning yangi modeli ustida işlaş vazifasi qayd etilgan: u harbiy xizmatçilarga professional könikmalarni egallaş, demobilizatsiyadan keyin esa özini real hayotda (mehnat bozorida) topişi uçun imkoniyat va istiqbol yaratişi kerak.













