O‘zbekiston | 20:10 / 06.02.2018
6612
1 daqiqa o‘qiladi

Turistlarga obektlarni suratga tushirishdagi cheklovlar bekor qilinadi

O‘zbekistonga keladigan sayyohlar jamoat joylarida, binolar va boshqa obektlarni hech qanday cheklovlarsiz suratga tushirishi hamda videoga olishi mumkin bo‘ladi. Bu O‘zbekiston prezidentining «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Shu bilan birgalikda, qonunchilik bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi obektlar bundan mustasno hisoblanadi. Bunday obektlarni suratga tushirmaslik haqidagi ko‘rsatmalar belgilab beriladi.

Bunday obektlar ro‘yxati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan va ayni vaqtda bu ro‘yxat Vazirlar Mahkamasi e'tiboriga havola qilingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid