Jahon | 00:37 / 22.04.2018
8353
2 daqiqa o‘qiladi

Turistlar tobora film va seriallarga binoan dam olish joylarini tanlashmoqda

Foto : Sony Pictures Releasing International (SPRI)

 O‘tgan 2017 yilda sayohatchilarning 80 milliondan ziyodi hordiq chiqarish uchun yo‘nalishlarni o‘zlari tomosha qilgan filmlar va seriallar asosida tanlashgan, deb yozadi Travel Daily News.

TCI Research ilmiy-tadqiqot agentligining so‘rovnomasi shuni ko‘rsatadiki, filmlar va seriallarning sayohat yo‘nalishiga ta'siri nihoyatda katta bo‘lib bormoqda.

Shuningdek, agentlik kino s'yomkalari bo‘lib o‘tgan joylarga sayohat qiluvchi turistlar oddiy turistlarga nisbatan dam olish tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarga ko‘proq joylashlari, u yerga uyushtiriladigan ekskursiyalardan qoniqishlari, madaniy tadbirlarda jon-jon deb ishtirok etishlarini qayd etgan.

«Filmlar ham sayyohlik yo‘nalishlarni reklama qilib, xuddi turistik agentliklar singari ta'sirga ega bo‘lib bormoqda», — dedi TCI Research Olive bosh direktori Genri-Biauad.

U mashhur hududlar hukumatlariga sayyohlarning haddan ziyod oqimi bilan bog‘liq risklarni boshqarishni tavsiya qilgan, chunki bu ekologik muammolar va mahalliy aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Mavzuga oid