Jahon | 19:04 / 06.02.2018
12430
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin prezident lavozimiga nomzod sifatida qayd qilindi

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov

Rossiya Vladimir Putin mart oyida o‘tadigan Rossiya prezidenti saylovlarida ishtirok etuvchi nomzod sifatida qayd qilindi. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma'lum qildi.  

“Markaziy saylov komissiyasi Vladimir Vladimirovich Putinni Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qayd qilishga qaror qiladi”, deyilgan MSK qarorida.

Ma'lum qilinishicha, Putin nomzod sifatida soat 11:25da qayd qilingan. Putinning qayd qilingani haqidagi guvohnoma uning ishonchli vakili – saylovoldi shtabi huquqshunosi Sergey Kabishevga topshirilgan.

MSK rahbari o‘rinbosari Nikolay Bulayevning ta'kidlashicha, Putinning nomzodi uchun yig‘ilgan 315 ming imzodan faqatgina 232 tasigina talablarga javob bermaydigan deb  topilgan. Umumiy hisobda Putin nomzodi uchun mamlakatning barcha hududlaridan 1,6 mln dan ko‘proq imzo yig‘ilgan, MSKga esa 314 837 imzo qo‘yilgan varaqlar topshirilgan. 

Rossiya prezidenti saylovlari 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Putin saylovda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, u nomzod sifatida qayd qilinishi uchun 300 ming tarafdorining imzosini to‘plashi kerak edi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid