Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gidlar bilan bog‘liq muammolar qanday hal qilinmoqda?
Foto: Xalqaro press klub
O‘zbekistonda eng katta muammolardan biri - bu gidlarning yetishmasligi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A.Abduhakimov Xalqaro Press-klub tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda gidlar bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, shuningdek yurtimizda audiogidlar xizmatining yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lum qildi.
"Tarixiy obidalarga gid bilan tashrif buyurgan boshqa, o‘zi sayohat qilgan boshqa. Biz gidlarni tayyorlash bo‘yicha kollejlarimizga yangi tizimlarni o‘rnatmoqchimiz. Singapur instituti, boshqa OTMlarda gidlarni tayyorlash kvotasi ko‘paytirilmoqda", - deydi rais.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gidlar, albatta 2-3 ta xorijiy tillarni bilishi kerak, zero bizda ichki sayyohlardan tashqari, tashqi sayyohlar ham bor.
Shu o‘rinda turizm sohasida ishlash istagida bo‘lgan yoshlarga murojaat qilindi. "Yaxshi ish topmoqchi bo‘lsangiz, chet tili va tarixni o‘rganishingiz kerak, yaxshi bilishingiz kerak". Yurt tarixini boshqa tillarda ham qiziqarli qilib yetkaza oladigan va barchani birdek jalb qila oladigan gidlar hamisha talabgor bo‘ladi.
Bundan tashqari, tadbirda audiogidlar haqida so‘z yuritildi. "Biz smart-turizmga katta e'tibor qaratyapmiz. Bu ishlarni davlat va xususiy sektor hamkorligida amalga oshirish mumkin. Audiogidlar bo‘yicha bir kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Ularga barcha tarixiy obidalarimiz haqida matnlar berdik, shu matnlar chiroyli qilib o‘qilib, joriy turistik mavsumda audiogidlar xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi", - dedi A.Abduhakimov.
Mavzuga oid
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
14:30 / 26.11.2025
Keksalar uchun turizm oyligi: O‘zbekistonda mehmonxona, transport va muzeylar uchun chegirmalar berilmoqda
18:02 / 25.11.2025