18:10 / 07.02.2018
60070

Peterburgda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik 11 yoshli bola jonsiz holda topildi

Peterburgda o‘zbekistonlik 11 yoshli bolaning jasadi topildi. Avvalroq u bedarak yo‘qolgan, deb e'lon qilingandi. Uni politsiya hamda ko‘ngillilar izlashgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, bola yo‘qolgani haqida uning otasi, O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxs xabar bergan. Erkakning aytishicha, o‘g‘li 26 yanvar kuni uydan ko‘chaga chiqqan, shundan so‘ng maktab o‘quvchisini hech kim ko‘rmagan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Qirg‘izistonning 22 yoshli fuqarosi Dostonbek Jalilov (bolaning katta opasi turmush o‘rtog‘i) va bolaning onasi bo‘lgan 39 yoshli ayolni qo‘lga olishdi. Sud qaroriga ko‘ra, ular qamoqqa olingan.

Jalilov ko‘rsatmalar bergan, ularni tekshirish davomida bola jasadi Vitebsk shohko‘chasi 5-korpus 101-uy yonidagi xarobazordan topilgan. U qotillik qurboniga aylangan bo‘lishi mumkin. Tergovchilar surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Top