Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning daromadlari haqidagi ma'lumot e'lon qilindi
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi seshanba, 6 fevral kuni o‘z saytida amaldagi davlat rahbari va Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Putinning daromadlari haqidagi ma'lumotni olti yil ichida birinchi marta e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, Putinning umumiy daromadi olti yilda, harbiy pensiya va banklardagi omonatlardan tushgan mablag‘lar hisobga olingan holda, 38,5 mln rublni tashkil qildi.
MSK ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisida Sankt-Peterburg va Moskvada ikkita kvartira, turli yillarda chiqarilgan uchta mahalliy avtomobil hamda garaj mavjud.
Shuningdek xabar qilinishicha, ayni damda davlat rahbarining 13 ta bankdagi hisob raqamlarida taxminan 14 mln rubl bor.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026