22:20 / 07.02.2018
16307

U moddiy manfaat evaziga bir kishini ishga joylab qo‘ymoqchi edi...

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga, 1992 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan Maqsud Hamidov ariza orqali murojaat qilib, ushbu arizasida Buxoro shahrida joylashgan “Perenatal” tug‘uruqxonasida hamshira lavozimida ishlovchi “Shafoat” ismli ayol uning “Zilola” ismli tanishini o‘sha tug‘uruqxonada vrach lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ishga qo‘yish evaziga 1100 AQSh dollari berishni talab qilayotganligini bildirgan. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.

Mazkur ariza yuzasidan Buxoro viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida, 1991 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, oilali, 2 farzandi bor, Buxoro shahridagi “Perenatal” tug‘uruqxonasida hamshira bo‘lib ishlovchi Xolova Shafoat Hasanovna, tanishini ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan fuqaro M.Hamidovdan 1100 AQSh dollarini olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Buxoro viloyati IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top